O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bunda uning “murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei” inobatga olindi. Avvalroq sobiq murabbiy Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sabab vazifasidan ozod etilgandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jamoa Shimoliy Koreya bilan o‘yinga 3 ochko olish uchun kelganini ta’kidladi. “Kuchli terma jamoa hech qachon ikki o‘yinda ketma-ket yutqazmaydi”, — dedi u. Murabbiy Srechko Katanets ham jamoa ertaga ijobiy natija uchun barcha ishni qilishini aytdi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Qozog‘iston termasiga qarshi o‘yin 16 noyabr kuni, Rossiyaga qarshi bahs esa 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. MTJning ushbu o‘yinlarni ham o‘z ichiga olgan yig‘ini 13 noyabr kuni boshlanadi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Eronga bitta gol farqi bilan yutqazdi. Ikki jamoa 17 ta gol urishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting